"Arsenal" va "Al Nassr" sobiq darvozaboni faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

  • Mr.NoBoDy 05.11.2026 17:08
  • 341
  • 30

Kolumbiyalik darvozabon David Ospina 38 yoshida professional futbol bilan xayrlashganini ma'lum qildi.

"Futbolga rahmat aytaman! Men taslim bo'layotganim yo'q... Men minnatdorman! Bu ajoyib sayohat bo'ldi! Tabassumim qaerga etaklasa, o'sha erga boraman!", – deb yozdi Ospina ijtimoiy tarmoqlarda.

Faoliyati davomida posbon "Atletiko Nasonal", "Nicca", "Arsenal", "Napoli" va "Al Nassr" klublari sharafini himoya qilgan. London jamoasi tarkibida u ikki marta Angliya Kubogini va uch marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan bo'lsa, neapolliklar bilan Italiya Kubogi sohibiga aylangan.

Ospina Kolumbiya milliy terma jamoasi safida 131 ta o'yin o'tkazgan. U terma jamoa bilan birga Amerika Kubogi-2024’ning kumush medalini qo'lga kiritgan hamda ikki bor musobaqaning bronza medaliga sazovor bo'lgan (2016, 2021).

2026 yilning yozida darvozabon Meksikaning "Atlante" klubi bilan shartnoma imzolagandi, biroq tirsak jarohati qaytalangani sababli jamoa safida maydonga tusha olmadi.

Ўхшаш янгиликлар