Noyer de Migelning o'limi haqida: "Bu vaziyat eng yomon ssenariy haqida o'ylashga majbur qiladi"

  • Mr.NoBoDy 05.11.2026 13:56
  • 196
  • 30

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer "Tenerife" hujumchisi Xesus de Migelning oilasiga taziya bildirdi.

30 yoshli futbolchi 2 noyabr kuni Segundaning 12-turi doirasida "Andorra" darvozaboni Xesus Ovono bilan to'qnashib ketganidan so'ng yurak xurujini boshdan kechirgandi. Seshanba kuni esa hujumchi shifoxonada vafot etdi.

"Bu juda og'ir vaziyat bo'ldi. Menimcha, bu har bir kishini bu kabi holatlarda eng yomon ssenariyda, shunday narsa yuz berishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rishga majbur qiladi. Xayolan marhumning oilasi va "Tenerife" klubi bilan birgamiz. Sodir bo'lgan fojiani tariflashga so'z yo'q", – deya Noyerning so'zlarini keltiradi “Bayern & Germany”.

De Migelning vafoti sababli Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) 6 noyabrga qadar o'zining barcha futbol musobaqalarini to'xtatib turish to'g'risida qaror qabul qildi.

Ўхшаш янгиликлар