"Braga", RFA va "G'azalkent" futbolchilari O'zbekiston U-20 terma jamoasiga chaqirildi

  • Mr.NoBoDy 05.11.2026 13:32
  • 137
  • 30

Jamoliddin Rahmatullaev qo'l ostidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi 9-18 noyabr kunlari Milliy futbol markazida o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etadi.

“90minutuz” ma'lumotlariga ko'ra, termaga quyidagi futbolchilar jalb etilgan:

Saidqulov Shohjahon ("Buxoro"), Nematulloh Rustamjonov (RFA), Sirotilla Yusufxonov (RFA), Shorahim Shorahmedov (RFA), Muhammadali Musaxonov ("Surxon"), Nurmuhammad Abdug'aniev ("Neftchi"), Ozodbek Ibodulloev ("G'azalkent"), Ozodbek Najmiddinov (RFA), Muhammadali Dilshodbekov ("Paxtakor"), Diyor Ermanov ("Paxtakor"), Abdulvosid Soliev (RFA), Azizbek To'lqinbekov ("Bunyodkor"), Tohir Ashurbaev ("Surxon"), Behro'z Abdusattorov (RFA), Kuvanishbek Saydaliev ("Paxtakor"), Behruz Ko'paysinov (RFA), Abubakr Shukurullaev ("Paxtakor"), Asilbek Abdurasulov (RFA), Sayfiddin Sodiqov ("Braga"), Davron To'laganov ("Paxtakor"), Kamron Yusupov ("Surxon"), Quvonch Abraev ("Lokomotiv"), Begis Kuanishbaev ("Olimpik-MobiUz")

Ўхшаш янгиликлар