"Ko'prog'ini xohladik, tavakkal qildik va uch ochkoni oldik". Mourinyo - "Real"ning AEK bilan o'yinidan so'ng

  • Mr.NoBoDy 05.11.2026 10:16
  • 149
  • 30

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-turidan o'rin olgan AEKga qarshi o'yindagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Juda mamnun bo'lib ketyapman. Biz juda qiyin raqibga, juda yaxshi - ilgari hech qachon bo'lmagandek o'yin ko'rsatgan jamoaga qarshi o'ynadik. Biz tahlil qilgan barcha o'yinlarda ular bugungidek o'yinning yaqiniga ham kelishmagan edi. Birinchi daqiqadanoq - ajoyib tashkilotchilik, yaxshi pressing-bosim, himoyadagi kompaktlik, to'g'ridan-to'g'ri hujumlar… Yovich tayanch hujumchi rolida ajoyib o'yin o'tkazdi. Ideal o'ynamaganimizga aynan AEKning o'zi aybdor. Ular katta o'yin ko'rsatishdi, biz esa barcha qiyinchiliklarga qaramay, doimo o'yinda qoldik.

Ikkala qiyin vaziyatda ham - 0:1 va 1:2 hisobida - biz javob qaytara oldik, xarakter va o'zimizga bo'lgan ishonchni, o'yin davomida hisobni tenglashtirish mahoratini ko'rsatdik. So'nggi daqiqadagi gol o'yin ochiq kechayotgan bir paytga to'g'ri keldi: ikkala jamoa ham g'alaba qozonishni xohladi va yuqori individual mahoratga ega bo'lgan jamoa - ajoyib gol urgan buyuk o'yinchisi bor jamoa g'alaba qozondi.

Biz o'yinning shunday yakunlanishi uchun kurashdik. 2:2 hisobida biz bu natijaga rozi bo'lmadik, vaholanki u qabul qilish mumkin bo'lgan natija edi - u bizga 10 ochko keltirardi. Ammo biz ko'prog'ini xohladik, tavakkal qildik va pley-offga chiqishimizni taminlaydigan uch ochkoni oldik. Endigi vazifa - umuman pley-offda o'ynamaslik uchun shunchalik ko'p ochko to'plash", - deydi Mourinyo so'zlarini Mundo Deportivo nashri.

Ўхшаш янгиликлар