
Fransiya polisiyasi "Oltin töp" mukofoti natijalariga pul tikiş bilan boğliq şubhali holatlarni tekşirmoqda.
Upside naşrining The Athletic tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarga tayanib xabar berişiça, Polymarket platformasidagi 12 ta akkaunt erkaklar örtasidagi "Oltin töp" ovoz berişida kuçli beşlikning yakuniy tartibini töliq töğri topgan.
Uşbu akkauntlar orqali jami 250 ming yevro tikilgan va qariyb 200 ming yevro foyda olingan.
Fransiya huquqni muhofaza qiliş organlaridagi manbaning ta’kidlaşiça, bu holat iştirokçilar oldindan maxfiy ma’lumotlarga ega bölgan bölişi mumkinligi haqida şubha uyğotmoqda.
Mukofot taşkilotçisi France Football natijalar e’lon qilinişidan avvalroq şubhali faollik haqida ogohlantirilgan.
"Oltin töp" mukofotining halolligi biz uçun mutlaq ustuvor vazifa. Tegişli huquqni muhofaza qiliş organlariga murojaat tayyorlayapmiz. Tekşiruv davom etayotgani sababli hozirça qöşimça ma’lumot bera olmaymiz", — dedi France Football vakili The Athletic naşriga.
Eslatib ötamiz, bu yil "Oltin töp" Garri Keynga nasib etdi. Keyingi örinlarni Kilian Mbappe, Lamin Yamal, Rodri va Lionel Messi egalladi.