OCHL-2. “Nasaf” mehmonda superkambek amalga oshirib, “Quvayt SK”ni mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 04.11.2026 23:00
  • 1020
  • 30

Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

“Quvayt SK” – “Nasaf” 2:3

Gollar: 27 - Yasin Xenisi, 34 - Muhammad Freax, 57, 67 - Bobir Abdixoliqov, 81 - Oybek Rustamov

Bosh hakam: Resul Mammedov (Turkmaniston)

Ërdamchilar: Ahmet Begnazarov va Mergen Allaberdiev (ikkisi ham - Turkmaniston)

To'rtinchi hakam: Ahmad Alxavoldex (Iordaniya)

Komissar: Ayman Horun (Iordaniya)

Hakamlar inspektori: Abdulloh Mutlaq Alshalvay (Saudiya Arabistoni)

“Quvayt SK”: 8.Ahmad Aldxefiri (20.Yusuf Nosir, 83’), 10.Amoori, 11.Muhammad Daham (9.Faysal Zayd, 78’), 21.Ali Husayn (s), 23.Muhammad Freax (5.Redha Hani, 78’), 25.Umar Gonsales, 26.Muhammad Marhun, 27.Yasin Xenisi (28.Muhannad Al-Muhammad, 64’), 33.Suod Alxushan, 35.Arsen Zola Kiaku, 88.Abdulloh Alqarzai (72.Humud Alsanusi, 64’).

Zaxira: 1.Xolid Al-Rashidi, 2.Somiy Alsaney, 7.Ibrohim Kamil, 13.Fahd Hamud, 40.Abdurahmon Kamil, 87.Hadi Alenazi.

“Nasaf”: 1.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov (32.Quvonchbek Xushvaqtov, 55’), 4.Akramjon Komilov (23.Dilshod Murtazaev, 46’), 7.Adenis Shala (20.Yusuf Otubanjo, 46’), 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murodbek Rahmatov, 70.Abbosjon G'ulomov (6.Sardorbek Bahromov, 46’ (22.Diyorbek Abdunazarov, 78’)), 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 5.G'olib G'aybullaev, 27.Yashnarbek Berdirahmonov, 76.Zafar Sadullaev, 77.Paata Gudushauri.

Ogohlantirishlar: 41 - Umar Gonsales, 54 - Sardorbek Bahromov, 74 - Murodbek Rahmatov

90+5. O'yin yakunlandi! Ajoyib g'alaba!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

85. To'p nazorati mezbonlarga o'tdi, hujumlarga intilishmoqda.

82. Endi, darvoza dahlsizligini saqlash shart!

2026-11-04 22.57.10.jpg

81. GOOOOOOOOOOOOL! KAMBEK! Otubanjoning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi, Rustamov esa uning ustidan to'pni tushirib qo'ydi! Dahshat!

79. Ikki jamoa ham sekinlashib qoldi. Ammo qarshiliklar oxirgacha o'ynab, g'alabini ilib ketishi zarur!

71. “Nasaf”dan hujum, ammo Bobirning uzatmasidan so'ng Bahromov to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi.

70. Mezbonlar ham sekin-asta hujumlarni ko'paytirmoqda.

68. Kambekning bir qismi bo'ldi, oxirgacha qilib qo'yaylik!

67. GOOOOOOOOL! Abdixoliqovdan dubl! Qarshiliklardan ajoyib qarshi hujum, Abdirahmatovning o'ngdan uzatgan to'pini Bobir darvozaga joylab qo'ydi!

61. Bahromov qulay vaziyatdan gol ura olmadi, zarbasi noaniq…

58. Amoorining zarbasidan so'ng to'pni Ne'matov ushlab oldi.

57. GOOOL! Bobir Abdixoliqov hisobni qisqartirdi! Muhitdinovning uzatmasidan so'ng Bobir ajoyib gol urdi!

52. Otubanjo bir necha himoyachini aldagandi, ammo yakuniy zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

51. Muhammad Marhunning jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq ketdi.

47. Bahromovning zarbasini raqib posboni qaytardi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Zafarmurod Abdirahmatovning zarbasi raqibga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi.

44. Raqib futbolchisining bosh bilan bergan zarbasi to'singa tegib qaytmoqda.

2026-11-04 22.57.04.jpg

43. Muhammad Dahamning kuchli zarbasini Ne'matov qaytardi!

39. Davronovning bosh bilan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.

37. Rustomovdan yana bir zarba, biroq bunisi himoyachilardan o'tmadi.

35. Qarshiliklarning holati yanada og'irlashdi.

34. GOL! Freax hisobni ikkitaga oshirdi. Mezbonlardan chiroyli hujum bo'ldi, bo'sh qolgan zonalardan foydalanishdi, Muhammadning zarbasi aniq bo'ldi.

33. Oybek Rustamovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

32. Vakillarimiz darvozasidan to'p o'tkazib yuborishdi, buyog'iga kambekdan umid qilamiz.

31. GOL! Yasin Xenisi penaltidan hisobni ochdi.

30. Penalti, “Nasaf” darvozasi tomon.

28. Murodbek Rahmatovning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasidan darvozabon to'pni qaytardi!

25. Mezbonlar vakilining uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng Ne'matov to'pni qaytardi.

23. Shalaning uzatmasidan so'ng G'ulomov darvozaga zarba berdi, himoyachi blok qo'ydi.

22. Fursatdan foydalanib ta'kidlab o'tish lozim: “Nasaf” “A” guruhida ishtirok etmoqda va hozirda 2 ochk obilan 3-o'rindan joy olgan. Jamoa pley-offga chiqish uchun kelgusi o'yinlarda to'liq ijobiy natija qayd etishi lozim.

21. Temp past o'yinda, aytarli xavfli holat ko'rmadik.

14. To'p nazorati to'liq qarshiliklarda, hujumlar tashkil etishga intilmoqda jamoa.

6. Murodbek Rahmatovning uzoqdan yo'llagan zarbasiga raqib himoyachilari blok qo'yishdi.

3. Dahamning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

1. O'yin boshlandi.

2026-11-04 22.56.51.jpg2026-11-04 22.56.53.jpg2026-11-04 22.56.55.jpg

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichidan o'rin olgan “Quvayt SK” – “Nasaf” bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Ўхшаш янгиликлар