OCHL-2. “Quvayt SK” – “Nasaf” 2:0 (matnli translyatsiya)

  • Mr.NoBoDy 04.11.2026 21:40
  • 414
  • 30

Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan bahsning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

“Quvayt SK” – “Nasaf” 2:0

Gollar: 27 - Yasin Xenisi, 34 - Muhammad Freax

Bosh hakam: Resul Mammedov (Turkmaniston)

Ërdamchilar: Ahmet Begnazarov va Mergen Allaberdiev (ikkisi ham - Turkmaniston)

To'rtinchi hakam: Ahmad Alxavoldex (Iordaniya)

Komissar: Ayman Horun (Iordaniya)

Hakamlar inspektori: Abdulloh Mutlaq Alshalvay (Saudiya Arabistoni)

“Quvayt SK”: 8.Ahmad Aldxefiri, 10.Amoori, 11.Muhammad Daham, 21.Ali Husayn (s), 23.Muhammad Freax, 25.Umar Gonsales, 26.Muhammad Marhun, 27.Yasin Xenisi, 33.Suod Alxushan, 35.Arsen Zola Kiaku, 88.Abdulloh Alqarzai.

Zaxira: 1.Xolid Al-Rashidi, 2.Somiy Alsaney, 5.Redha Hani, 7.Ibrohim Kamil, 9.Faysal Zayd, 13.Fahd Hamud, 20.Yusuf Nosir, 28.Muhannad Al-Muhammad, 40.Abdurahmon Kamil, 72.Humud Alsanusi, 87.Hadi Alenazi.

“Nasaf”: 1.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov, 4.Akramjon Komilov, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murodbek Rahmatov, 70.Abbosjon G'ulomov, 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Sardorbek Bahromov, 20.Yusuf Otubanjo, 22.Diyorbek Abdunazarov, 23.Dilshod Murtazaev, 27.Yashnarbek Berdirahmonov, 32.Quvonchbek Xushvaqtov, 76.Zafar Sadullaev, 77.Paata Gudushauri.

39. Davronovning bosh bilan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.

37. Rustomovdan yana bir zarba, biroq bunisi himoyachilardan o'tmadi.

35. Qarshiliklarning holati yanada og'irlashdi.

34. GOL! Freax hisobni ikkitaga oshirdi. Mezbonlardan chiroyli hujum bo'ldi, bo'sh qolgan zonalardan foydalanishdi, Muhammadning zarbasi aniq bo'ldi.

33. Oybek Rustamovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

32. Vakillarimiz darvozasidan to'p o'tkazib yuborishdi, buyog'iga kambekdan umid qilamiz.

31. GOL! Yasin Xenisi penaltidan hisobni ochdi.

30. Penalti, “Nasaf” darvozasi tomon.

28. Murodbek Rahmatovning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasidan darvozabon to'pni qaytardi!

25. Mezbonlar vakilining uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng Ne'matov to'pni qaytardi.

23. Shalaning uzatmasidan so'ng G'ulomov darvozaga zarba berdi, himoyachi blok qo'ydi.

22. Fursatdan foydalanib ta'kidlab o'tish lozim: “Nasaf” “A” guruhida ishtirok etmoqda va hozirda 2 ochk obilan 3-o'rindan joy olgan. Jamoa pley-offga chiqish uchun kelgusi o'yinlarda to'liq ijobiy natija qayd etishi lozim.

21. Temp past o'yinda, aytarli xavfli holat ko'rmadik.

14. To'p nazorati to'liq qarshiliklarda, hujumlar tashkil etishga intilmoqda jamoa.

6. Murodbek Rahmatovning uzoqdan yo'llagan zarbasiga raqib himoyachilari blok qo'yishdi.

3. Dahamning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichidan o'rin olgan “Quvayt SK” – “Nasaf” bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Ўхшаш янгиликлар