CTA tasdiqladi: Munuera Montero "Real" foydasiga noto'g'ri penalti belgilagan

  • Mr.NoBoDy 04.11.2026 18:48
  • 93
  • 30

Ispaniyada La Liganing 11-turi doirasidagi "Real" va "Rasing" (3:0) uchrashuvida Madrid klubi foydasiga belgilangan penalti xato bo'lgani tan olindi.

Bahsning 10-daqiqasida madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe raqib jarima maydonchasi ichida Matteo Prati bilan to'qnashuvdan so'ng maydonga qulagan edi. Bosh hakam Xose Munuera Montero darhol nuqtaga ishora qilgan, VAR esa vaziyatga aralashmagan.

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasining (RFEF) Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) ushbu epizodni Tiempo de Revisión dasturida tahlil qildi.

Qo'mita xulosasiga ko'ra, Munuera Montero 11 metrlik jarima zarbasini belgilab "yaqqol va aniq xato"ga yo'l qo'ygan hamda bu vaziyatda videoassistentlar aralashishi shart edi. CTA vakillarining takidlashicha, Prati hujumchining oldida qo'lini "kuch ishlatmasdan" ushlagan. Shu tariqa, o'yinchilar o'rtasidagi kontakt va Mbappening yiqilishi o'rtasida hech qanday "sabab-oqibat bog'liqligi" bo'lmagan.

Ўхшаш янгиликлар