"Feyenoord" murabbiyi van Bronkxorst CHLda "Inter"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi

  • Mr.NoBoDy 04.11.2026 13:40
  • 166
  • 30

Niderlandiyaning "Feyenoord" klubi bosh murabbiyi Jovanni van Bronkxorst CHL umumiy bosqichining 4-turi doirasida Italiyaning "Inter" jamoasidan uchralgan mag'lubiyat (0:3) haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men kurashishga shaylangan "Feyenoord"ni ko'rdim. O'yinda o'zimizni ishonchli his qilish uchun birinchi bo'lib gol urishga umid qilgandik, biroq juda tez to'p o'tkazib yubordik - bu esa umuman foyda bermaydi.

Ikkinchi bo'limda shuni tushundikki: agar hisobni 1:2 ga qisqartira olsak, yana o'yinga qaytardik. Ammo uchinchi golni o'tkazib yuborganimizdan so'ng bunday vaziyatlarda katta tajribaga ega bo'lgan jamoaga qarshilik ko'rsatish juda qiyinlashdi.

"Barselona"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida juda yaxshi harakat qilgandik: to'pni ishonch bilan nazorat qilib, vaziyatlar yaratgan edik. Bugun esa barchasi boshqacha kechdi. Bizda faqatgina chala vaziyatlar yuzaga keldi, buning ustiga "Inter" himoyada juda zich o'ynadi", - deya van Bronkxorstning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti Ziggo nashriga tayangan holda.

Ўхшаш янгиликлар