"Manchester Yunayted" yanvarda "Man Siti" himoyachisini sotib olishga tayyor

  • Mr.NoBoDy 04.11.2026 09:16
  • 197
  • 30

"Manchester Yunayted" qishki transfer oynasida qo'shnisi "Manchester Siti"dan chap qanot himoyachisi Rayan Ait-Nurini o'z safiga qo'shib olishga tayyor.

Ait-Nuri "Siti" bosh murabbiyi Enco Mareskaning ishonchidan umuman mahrum bo'lib, Premer-liganing joriy mavsumida biror marta ham maydonga tushmadi.

Ait-Nuri bunday vaziyat bilan kelishish niyatida emas va allaqachon yanvarda yangi klub topishga umid qilmoqda. 25 yoshli aljirlik futbolchining bu holati "Yunayted"ning e'tiborini tortdi.

Sky Sport Germany xabariga ko'ra, Manchesterning ikki klubi o'rtasidagi murakkab munosabatlar "Yunayted" uchun muammo tug'dirmaydi, shuningdek, "qizil iblislar" Ait-Nuri bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishda ham qiyinchilikka duch kelmasligi kerak.

Yagona savol - "Siti" o'z qo'shnilari bilan bitim tuzishga rozimi va agar rozi bo'lsa, qanday narx evaziga?

Ўхшаш янгиликлар