
Milanliklar tarkibida Yann Bissekk, Franchesko Espozito va Pyotr Zelinski o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi.
"Bu yerda bizni juda murakkab o'yin kutib turganini bilardik. Baxtimizga, tezkor gol urishga erishdik - bu bizga ishonch bag'ishladi. Shundan so'ng xotirjamroq harakat qila boshladik va barchasini to'g'ri qilayotganimizni tushundik.
Siz jamoamizning eng yaxshi versiyasini ko'rdingiz - tashkilotchilik, intensivlik va qiyin safarda muhim uchrashuvni o'tkazish uchun zarur bo'lgan barcha jihatlar bo'yicha", - deya Kivuning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti Sky Sports Italia nashriga tayangan holda.