Islom Ismoilov "Neftchi"dan ketishiga ishora qildimi? Murabbiy e'tiborni tortadigan storis joylashtirdi

  • Mr.NoBoDy 03.11.2026 23:32
  • 757
  • 30

Farg'onaning "Neftchi" klubi bosh murabbiyi Islom Ismoilov o'zining Instagram sahifasida e'tiborli storis e'lon qildi.

Mutaxassis chapak chalayotgan suratini "Thank you!" ("Rahmat!") yozuvi bilan joylashtirdi. Biroq u mazkur minnatdorlik kimga qaratilgani yoki storisning sababi haqida izoh bermagan.

Snimok ekrana 2026-11-03 232041.png

Ushbu publikaciya "Neftchi"ning Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 4-turida Eronning "Traktor" klubi bilan 2:2 hisobida durang o'ynaganidan keyin paydo bo'ldi.

Islom Ismoilov o'sha uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jamoasi so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqarganidan qattiq afsuslangan edi.

Hozircha mutaxassisning Instagram'dagi storisi uning "Neftchi"dagi kelajagi bilan bog'liq ekani haqida rasmiy ma'lumot mavjud emas.

Ўхшаш янгиликлар