Ro'ziqul Berdiev: "Ertangi o'yin biz uchun oxirgi imkoniyat hisoblanadi"

  • Mr.NoBoDy 03.11.2026 22:16
  • 586
  • 30

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan "Al Kuvayt"ga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Al Kuvayt" jamoasi o'tgan uchrashuvda o'zining naqadar kuchli va salohiyatli ekanligini namoyish eta oldi. Shu bois, biz ertangi o'ta muhim va murakkab uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rmoqdamiz. Ertaga bizni jismoniy va ruhiy jihatdan juda og'ir sinov kutib turibdi. Bu bizdagi so'nggi imkoniyatlardan biridir. Bundan, albatta, unumli foydalanishga harakat qilamiz. Birinchi o'yinda himoyada yo'l qo'yilgan xatolarni to'g'rilashimiz va hujumdagi o'yinimizni yaxshilashimiz kerak bo'ladi. Yuqorida takidlaganimdek, raqibimiz ancha jiddiy. Bizni og'ir o'yin kutyapti. Agar natija biz xohlagandek bo'lmasa, albatta, ushbu turnir bilan xayrlashishimizga to'g'ri keladi. Bizda hech qanday yo'qotish yo'q. Ertangi uchrashuvga barcha o'yinchilarimiz tayyor", dedi 55 yoshli mutaxassis.

Ma'lumot uchun, "Al Kuvayt" va "Nasaf" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichi 4-tur uchrashuvi 4 noyabr kuni Kuvaytda bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар