Ronalduning o'g'li ilk bor Portugaliya U-17 terma jamoasiga chaqirildi

  • Mr.NoBoDy 03.11.2026 19:40
  • 310
  • 30

"Al Nassr" va Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning o'g'li - Portugaliyada "Kristianino" nomi bilan tanilgan 16 yoshli kichik Krishtianu Ronaldu ilk bor Portugaliya U-17) terma jamoasidan chaqiruv oldi.

U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Filipe Ramush 2027 yilgi Yevropa chempionati saralashining dastlabki bosqichida ishtirok etish uchun tarkibga jalb etilgan 23 nafar futbolchi qatoriga Kristianinoni ham kiritdi. Jamoaning o'quv-mashg'ulot yig'ini 6 noyabrdan 17 noyabrgacha davom etadi, Portugaliya esa uchrashuvlarni o'z maydonida o'tkazadi. Raqiblar Andorra (11 noyabr), Bolgariya (14 noyabr) va Serbiya (17 noyabr) termalari bo'ladi.

Bu Kristianino uchun U-17 jamoasidagi ilk chaqiruv bo'lsa-da, u Portugaliyaning boshqa terma jamoalarida o'ynash tajribasiga ega. Uning hisobida U-15 va U-16 termalari safida o'tkazilgan 13 ta bahs mavjud. Klub miqyosida esa yarim himoya chizig'ida ham to'p tepa oladigan 16 yoshli hujumchi otasi faoliyat olib borayotgan Saudiya Arabistonining "Al Nassr" akademiyasida harakat qilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар