"Andorra" posboni Ovono halok bo'lgan De Migelning oilasidan shaxsan uzr so'raydi

  • Mr.NoBoDy 03.11.2026 18:56
  • 651
  • 30

"Andorra" jamoasi darvozaboni Xesus Ovono maydondagi fojiali to'qnashuv oqibatida hayotdan ko'z yumgan "Tenerife" hujumchisi Xesus de Migelning oilasi bilan shaxsan uchrashib, uzr so'rash niyatida.

“Cadena COPE” xabariga ko'ra, 25 yoshli posbon ro'y bergan hodisani juda og'ir qabul qilgan va tushkun holatda bo'lib, ommaviy bayonot berishdan avval marhumning yaqinlari bilan gaplashib olishni istamoqda.

Fojia 2 noyabr kungi Segunda o'yinining so'nggi daqiqalarida yuz bergandi: to'p uchun kurashda Ovono de Migel bilan to'qnashib, unga tizzasi bilan kuchli zarba bergan. Oqibatda 30 yoshli hujumchining yuragi to'xtab qolgan va shifoxonaga yotqizilganiga qaramay, 3 noyabr tongida vafot etgandi.

Mazkur voqeadan keyin muxlislarning keskin bosimiga uchragan Ovono Instagram sahifasini yopib qo'ydi.

"Andorra" posboni raqibga qasddan jarohat etkazish niyati bo'lmaganini takidlamoqda. Hodisa sabab Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi 3 noyabrga belgilangan bir qator Kubok uchrashuvlarini qoldirdi, sobiq futbolchi Jerar Pike va mamlakat klublari marhumning oilasiga hamdardlik bildirishmoqda.

Avvalroq futbolchining o'limi sabab "Andorra" darvozaboniga 4 yilgacha qamoq jazosi xavf solayotgani ma'lum bo'lgan edi.

Ўхшаш янгиликлар