Futbolchining o'limi sabab "Andorra" darvozaboniga 4 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda

  • Mr.NoBoDy 03.11.2026 18:00
  • 763
  • 30

Ispaniyaning "Andorra" jamoasi darvozaboni Xesus Ovono "Tenerife" hujumchisi Xesus de Migelning o'limidan so'ng jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ispaniya OAV voqeani "ehtiyotsizlik oqibatida o'limga sabab bo'lish" moddasi bo'yicha malakalanishi mumkinligini yozmoqda - bunday holatda posbonga 4 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi xavf soladi.

Fojia 2 noyabr kungi Segunda bahsining hakam qo'shib bergan daqiqalarida yuz berdi: Ovono to'p uchun kurashda oldinga chiqib, raqib hujumchisiga tizzasi bilan kuchli zarba bergan. Qoidani keskin buzgani uchun posbon to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi, hushini yo'qotgan de Migel esa shifoxonaga olib ketilayotganda yuragi to'xtab qoldi. Shifokorlar uni reanimaciya qilganiga qaramay, 30 yoshli futbolchi 3 noyabr tongida vafot etdi.

Ispaniya Jinoyat kodeksining 142-moddasiga ko'ra, qo'pol ehtiyotsizlik sabab o'limga olib kelish 1 yildan 4 yilgacha qamoq jazosini nazarda tutadi. Biroq Ovononi javobgarlikka tortish uchun uning harakatlari ruxsat etilgan sport xavfi chegarasidan chiqqani va bevosita o'limga sabab bo'lgani sudda isbotlanishi shart.

Ўхшаш янгиликлар