
Bu haqda “TEAMtalk” ma'lum qildi.
Mankunianlarning e'tibor markazida 30 yoshli gvineyalik hujumchi Seru Girassi, yarim himoyachilar - 21 yoshli Job Bellingem va 26 yoshli Feliks Nmecha, shuningdek, 24 yoshli shvetsiyalik himoyachi Daniel Svensson bor.
Girassi, Bellingem va Nmecha "Yunayted"ning anchadan beri kuzatuvida bo'lgan nishonlari hisoblanadi. Girassi hujum chizig'ini kuchaytira oladigan tajribali forvard sifatida qaralmoqda, ammo uni transfer qilish o'ta murakkab bo'ladi. Shartnomasida ulkan tovon puli belgilangan Bellingem va Nmecha bilan bog'liq vaziyat ham xuddi shunday.
Uchrashuvda deyarli barcha yetakchi Yevropa klublari, jumladan, "Arsenal", "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi" va "Tottenxem" vakillari ham hozir bo'lishgan, bu esa "Borussiya" futbolchilariga bo'lgan qiziqish naqadar yuqori ekanini ko'rsatadi.
Girassi bahsda o'z jamoasi gollaridan biriga mualliflik qildi. "Bavariya"ga qarshi kechgan o'yin esa 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.