Marko Roys gol urmasdan xet-trik qayd etdi

  • Mr.NoBoDy 01.11.2026 13:22
  • 437
  • 30

«Los-Anjeles Gelaksi» yarim himoyachisi Marko Roys MLS doirasida «Ostin»ga qarshi uchrashuvda o‘ziga xos xet-trik qayd etdi.

37 yoshli germaniyalik futbolchi raqib darvozasiga gol urmagan bo‘lsa-da, bir o‘yinda uchta golli uzatma berdi. Uning jamoasi esa 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Roys joriy MLS mavsumida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 12 ta assist qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, tajribali yarim himoyachi 2024 yil yozida erkin agent sifatida «Los-Anjeles Gelaksi»ga qo‘shilgan. Uning hozirgi transfer qiymati 1,5 million yevroga baholanmoqda.

Ўхшаш янгиликлар