
"Qizil iblislar"ning g'alabasiz seriyasi to'qqizta o'yinga etdi.
"Biz ikkinchi bo'limda o'yinga kirishib keta olmadik. Tanaffusga qadar hisobda oldinda borishimiz mumkin edi va shunday bo'lishi kerak ham edi. Hamma narsa biz umid qilganimizdek ijobiy kechayotgan edi.
Biz yanada ko'proq vaziyatlar yaratishimiz mumkin edi. Yaxshi harakat qilayotgan edik, ammo keyin qandaydir tarzda ikkinchi bo'limda o'yinimiz qovushmay qoldi. Birinchi golni alamli tarzda o'tkazib yubordik, so'ng penalti belgilandi va o'sha soniyada juda og'ir ahvolga tushib qoldik. Hamma narsa ostun-ustun bo'lib ketdi.
Etarlicha o'yinlarda g'alaba qozonmaganimizni yashirishdan mano yo'q. Birinchi bo'limda yigitlar yaxshi holatda edilar.
O'ylashimcha, ikkinchi bo'limni unchalik yaxshi boshlay olmadik. O'yin bir oz tartibsiz kechdi, maromni umuman ushlay olmadik. Ikkinchi bo'limda birinchi bo'lib ular zarba berishdi va oxir-oqibat bu farqni belgilab berdi", - dedi Kerrik TNT Sports efirida.