"Oltin to‘p" ovoz berish jarayonida mojaro — jurnalistga bosim o‘tkazilgani aytildi

  • Mr.NoBoDy 01.11.2026 09:55
  • 254
  • 30

"Oltin to‘p" uchun ovoz berishda ishtirok etgan marokashlik jurnalist Mostafa Badri o‘z tanlovini o‘zgartirishga undashganini ma’lum qildi.

Badri ovoz berishda birinchi o‘ringa hamyurti Ashraf Hakimiy, ikkinchi o‘ringa Kilian Mbappe va uchinchi pog‘onaga Lamin Yamalni qo‘ygan.

"Sizlarga eksklyuziv ma’lumotni aytaman. Rasmiy ovoz berish boshlanishiga bir necha soat qolganida ayrim shaxslar men bilan bog‘lanib, Hakimiy o‘rniga boshqa futbolchiga ovoz berishimni so‘rashdi.

U futbolchining ismini oshkor qilmayman. Men ularning taklifiga ko‘nmadim. Bu holat "Oltin to‘p" uchun ovoz beruvchilarga ta’sir o‘tkazishga urinishlar borligini ko‘rsatadi", — dedi Badri.

Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p" Garri Keynga nasib etdi. Ashraf Hakimiy esa 65 ochko jamg‘arib, yakuniy reytingda 13-o‘rinni egalladi.

Ўхшаш янгиликлар