El klasiko vaqtida "Real" himoyachisining xonadoniga o'g'rilar kirdi - El Mundo

  • Mr.NoBoDy 01.11.2026 09:16
  • 497
  • 30

Ispaniya La Ligasining 10-turidan o'rin olgan "qirollik klubi" "Barselona"ni mag'lub etgan (2:1) o'yin vaqtida "Real" himoyachisi Eder Militao uyiga o'g'rilar oralagan, deb xabar beradi El Mundo.

O'g'rilar futbolchining La Moralexa hududida joylashgan hovlisiga uchinchi qavatdagi vanna xonasi derazasi orqali kirishgan. Qiymati 350 ming evrodan ortiq bo'lgan soatlar va zargarlik buyumlari o'g'irlab ketilgan. Bu vaqtda Militaoning oila a'zolari birinchi qavatda o'yinni tomosha qilishayotgan edi.

Militao qimmatbaho buyumlar yo'qolganini uyga qaytganidan so'ng aniqlagan. Hodisa joyiga policiya xodimlari turar joy majmuasining xususiy qo'riqlash xizmati vakillari bilan birgalikda yetib kelishgan.

Ўхшаш янгиликлар