Keyn «Oltin to‘p» uchun kurashda o‘zining Mbappe va Yamaldan farqli jihatlari haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 31.10.2026 12:22
  • 788
  • 30

«Bavariya» hujumchisi, «Oltin to‘p» — 2026 sovrindori Harri Keyn Kilian Mbappe («Real» Madrid) va Lamin Yamal («Barselona») bilan o‘yin uslubidagi farq haqidagi savolga javob berdi.

«Bilaman, «Oltin to‘p» ba’zan o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan, dribling, tezlik yoki tomoshabop harakatlari orqali o‘yin taqdirini o‘zgartira oladigan futbolchiga beriladi.

Ammo aynan shu jihat so‘nggi «Oltin to‘p»ni men uchun alohida qimmatli qiladi. Menimcha, ovoz beruvchilar futbol ko‘plab turli omillarga asoslanishini tushunishdi. Ushbu sovrin bunday mehnatni ham e’tirof etadi. Jamoaning eng yaxshi futbolchilari turli vazifalarni bajarishga rozi bo‘lsa, u yanada kuchli bo‘ladi», — dedi Keyn France Football nashriga bergan intervyusida.

Ўхшаш янгиликлар