France Football bosh muharriri Keynni oltinchi o‘ringa qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 31.10.2026 10:44
  • 147
  • 30

France Football bosh muharriri Vensan Garsiya 2026 yilgi "Oltin to‘p" g‘olibi Garri Keynni o‘z reytingida kuchli beshlikka ham kiritmagani ma’lum bo‘ldi.

Fransiyalik jurnalist birinchi o‘ringa Kilian Mbappeni, ikkinchi pog‘onaga Usmon Dembeleni, uchinchi o‘ringa esa Lamin Yamalni qo‘ygan.

Keyingi o‘rinlarni Xvicha Kvarasxeliya va Lionel Messi egallagan. Yakunda mukofotni qo‘lga kiritgan Keyn esa Garsiyaning ro‘yxatida oltinchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni o‘tkazilgan "Oltin to‘p" marosimida Garri Keyn g‘olib deb e’lon qilindi. Angliyalik hujumchi ikkinchi o‘rinni egallagan Mbappeni atigi 28 ovozga ortda qoldirdi. Lamin Yamal uchinchi bo‘ldi.

Ўхшаш янгиликлар