
Bu haqda FFF prezidenti Filipp Diallo ma'lum qildi.
"Germaniya futbol ittifoqi bilan munosabatlarimiz juda a'lo darajada va qo'shma ariza Yevropa futboli hamda butun qitaga yangicha yondashuvning ajoyib ramziga aylanishi mumkin edi", – deya Dialloning so'zlarini keltiradi “Ouest-France”.
FFF rahbarining takidlashicha, loyihaga uchinchi davlat ham qo'shilishi ehtimoli bor. Shu bilan birga, rasmiy ariza hozircha tayyorlanmagan. Federatsiya turnirni tashkil etish bo'yicha ehtimoliy variantlarni endigina ko'rib chiqa boshladi.
Fransiya Jahon chempionatlariga 1938 va 1998 yillarda mezbonlik qilgan. Navbatdagi mundial 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. 2030 yilgi JCHni Ispaniya, Portugaliya va Marokash, shuningdek, uchta Janubiy Amerika mamlakati qabul qiladi. 2034 yilgi Jahon chempionati mezboni esa Saudiya Arabistoni bo'ladi.