O'zbekiston U-15 Jahon Kubogi va festivalida 42-o'rinni band etdi

  • Mr.NoBoDy 30.10.2026 12:08
  • 674
  • 30

O'zbekiston U-15 terma jamoasi Ozarbayjonda bo'lib o'tgan U-15 Jahon Kubogi va festivalidagi ishtirokini yakunladi.

Terma jamoaning musobaqadagi natijalari:

Guruh bosqichi:

Gana 4:1 O'zbekiston

O'zbekiston 6:1 Bagama orollari

O'zbekiston 2:0 Qozog'iston

O'zbekiston 6:0 Guam

Myanma 0:4 O'zbekiston

Keyingi bosqich:

Madagaskar 4:1 O'zbekiston

O'zbekiston 4:1 Gvatemala

O'zbekiston 2:1 Kosta-Rika

O'zbekiston 4:3 Niger

O'zbekiston 0:1 Kot-d’Ivuar

Yakuniy natijaga ko'ra, O'zbekiston U-15 terma jamoasi 189 ta FIFA a'zo assotsiatsiyasi vakillari qatnashgan musobaqada 42-o'rinni egalladi.

Osiyo vakillari orasida esa terma jamoa Eron, Koreya Respublikasi va Avstraliyadan keyin 4-o'rinni qayd etdi.

Ўхшаш янгиликлар