
Futbolda ofsayd qoidasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan Arsen Venger tashabbusining kelajagi so‘roq ostida qoldi. Kanada chempionatida o‘tkazilgan sinovlardan keyin yangi tartib yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmadi.
«Venger ofsaydi» qoidasiga ko‘ra, hujumchining tanasi biror qismi oxirgidan bitta oldingi himoyachi bilan bir chiziqda bo‘lsa, u ofsaydda hisoblanmaydi.
Kanada Premyer-ligasining 112 ta uchrashuvida qo‘llangan tajriba natijasida ofsayd qarorlari 54 foizga kamaygan va yangi qoida tufayli qo‘shimcha 13 ta gol urilgan.
Biroq sinovning salbiy jihati ham kuzatildi. Jamoalar hujumchilarga berilayotgan ustunlikni kamaytirish maqsadida himoya chizig‘ini o‘rtacha 3 metr ortga surgan.
BBC ma’lumotiga ko‘ra, futbol qoidalarini belgilovchi IFAB tashkilotining ekspert guruhlari mazkur o‘zgarishni davom ettirishni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamagan.
Shu sababli «Venger ofsaydi»ning yaqin vaqtda xalqaro futbolga keng joriy etilishi ehtimoli kamaygan. Hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan.