"Barselona" Kundeni sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor, futbolchiga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy 30.10.2026 14:16
  • 677
  • 30

Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, "Barselona" munosib taklif tushgan taqdirda himoyachi Jyul Kundeni sotish variantini ko'rib chiqadi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli fransiyalik futbolchi Kataloniya klubining sotilmaydigan o'yinchilari qatoriga kirmaydi. Aniq takliflar bo'lsa, "Barselona" rahbariyati uning transferini muhokama qilishga tayyor.

Kundega "Chelsi" qiziqish bildirmoqda va ehtimoliy bitimning moliyaviy shartlarini o'rganmoqda. London klubi himoyachini 2022 yilning yozidayoq sotib olishga uringan, ammo o'shanda fransiyalik futbolchi "Barselona"ga o'tishni maqul ko'rgandi.

Futbolchi 2026/27 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Kundening narxini 55 million evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар