Afrika kubogi formati bo‘yicha kutilmagan qaror qabul qilindi

  • Mr.NoBoDy 30.10.2026 13:33
  • 267
  • 30

Afrika futbol konfederasiyasi (CAF) Afrika millatlar kubogini har ikki yilda o‘tkazish tartibini saqlab qolishga qaror qildi.

Tashkilot Ijroiya qo‘mitasi mazkur qarorni bir ovozdan ma’qulladi.

Avvalroq CAF musobaqani 2025 yil dekabrda to‘rt yillik formatga o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Biroq yangi Afrika millatlar ligasining moliyaviy barqarorlikka erishishi uzoq vaqt talab qilishi mumkinligi sababli bu rejadan voz kechildi.

«Qaror Afrika futboli, 54 ta milliy assosiasiya va xorijda o‘ynayotgan futbolchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilindi», — dedi CAF prezidenti Patris Motsepe.

Keyingi Afrika kubogi 2027 yilda Keniya, Tanzaniya va Ugandada o‘tkaziladi. Navbatdagi musobaqalar esa 2028, 2031 va 2033 yillarga rejalashtirilgan. 2030 yilda jahon chempionati sababli turnir tashkil etilmaydi.

Ўхшаш янгиликлар