"Divanda yotib olib kutganman": "Bavariya" direktori Kompani bilan yuz bergan kulgili voqeani so'zlab berdi

  • Mr.NoBoDy 30.10.2026 13:16
  • 146
  • 30

"Bavariya" sport direktori Maks Eberl belgiyalik mutaxassis klubni boshqarishga rozilik bermaguncha, tungi soat 3 da Vensan Kompanining uyidagi divanda yotib olib, ketishdan bosh tortgani haqida gapirdi.

51 yoshli Eberl "Bavariya"ning rasmiy klub jurnaliga bergan intervyusida 2024 yilda sport direktori Kristof Froynd bilan birga Manchesterga qilgan safarini yodga oldi.

Tungi soat 3 da Kompani bu qaror haqida yaxshilab o'ylab ko'rishi va rafiqasi bilan maslahatlashishi kerakligini aytgan. Eberl esa ketish o'rniga divanga yotib olgan. Murabbiy uning bu xatti-harakatidan hayratda qolganida, Eberl hazillashib, Uli Xyoness unga imzolangan shartnomasiz qaytishni taqiqlaganini aytgan.

Yakunda Kompani avval xotini bilan gaplashib olish sharti bilan "Bavariya"dagi ishga rozilik bildirgan. Eberl kulib eslashicha, belgiyalik mutaxassis oxir-oqibat uni uyidan chiqarib yuborgan. Ushbu noodatiy uchrashuv dastlab ko'plab mutaxassislarni hayratda qoldirgan yangi murabbiy qidirish jarayoniga nuqta qo'ygandi.

Takidlash joizki, Kompani 2024 yilning yozida tayinlangan va o'shandan beri "Bavariya" bilan birgalikda ikki bor Bundesliga chempionligi hamda Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, Vensan sog'lig'idagi muammolar sababli myunxenliklarning murabbiylik o'rindig'ida yaqin bir necha haftani o'tkazib yuboradi.

Ўхшаш янгиликлар