Enso Fernandes: "Agar penaltilar seriyasiga yetib borganimizda, Ispaniyani mag‘lub etardik"

  • Mr.NoBoDy 30.10.2026 10:55
  • 289
  • 30

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Enso Fernandes 2026 yilgi jahon chempionati finalida Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

Argentinalik futbolchining ishonch bildirishicha, agar hal qiluvchi bahs penaltilar seriyasigacha yetib borganida, uning jamoasi ketma-ket ikkinchi marta jahon chempioni bo‘lardi.

"Biz Ispaniyani penaltilar seriyasida albatta mag‘lub etardik. Chunki darvozamizda Dibu Martines bor edi. Bunday vaziyatlarda uning qanchalik ishonchli harakat qilishini yaxshi bilamiz.

U hatto suyak sinishi bilan o‘ynagandi. Bu aqlbovar qilmaydigan holat! Dibu haqiqiy yirtqich", — dedi Fernandes jurnalist Gaston Edulga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 finalida Ispaniya Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Uchrashuvdagi yagona gol qo‘shimcha vaqtning 106-daqiqasida Ferran Torres tomonidan urilgan.

Argentina asosiy vaqtning oxirida Enso Fernandes qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgani sababli qo‘shimcha bo‘limlarni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazgan.

Shu tariqa, Ispaniya o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan, Argentina esa uchta chempionlik unvoni bilan qolgan.

Ўхшаш янгиликлар