
"Galatasaroy" himoyachisi Ismoil Yakobs Senegal terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
27 yoshli futbolchi bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Yakobsning ta’kidlashicha, mazkur qarorga oilasi va shaxsiy hayotiga ko‘proq vaqt ajratish istagi sabab bo‘lgan.
Himoyachining faoliyati eng yuqori pallaga chiqayotgan bir paytda milliy jamoani tark etishi kutilmagan qaror bo‘ldi.
Endilikda Yakobs terma jamoa majburiyatlaridan ozod holda bor e’tiborini klubdagi faoliyati va oilasiga qaratadi.