
Ronaldu tomonidan 2008 yilda qo'lga kiritilgan "Oltin to'p" B.O.A.T. (Ballon d'Or of All Time) so'rovnomasida birinchi o'rinni egalladi.
"Futbol muxlislarga tegishli! Butun dunyodagi barcha muxlislarga rahmat. "Barcha davrlarning "Oltin to'p"i" sizlarga ham tegishlidir", - deb yozdi portugaliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
So'rovnomada ikkinchi o'rinni argentinalik Lionel Messining 2012 yildagi "Oltin to'p"i egalladi.