Kerrik nizodan so'ng Brunu Fernandesh MYU sardori bo'lib qoladimi-yo'qmi degan savolga javob berdi

  • Mr.NoBoDy 30.10.2026 09:48
  • 516
  • 30

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya Premer-ligasi 9-turidan o'rin olgan "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan yarim himoyachi Brunu Fernandesh jamoa sardori bo'lib qoladimi-yo'qmi degan savolga javob qaytardi.

Avvalroq Fernandesh Chempionlar ligasidagi mag'lubiyatdan so'ng Kerrik va unga hamroh murabbiylar shtabining taktik qarorlarini oshkora tanqid qilgan edi.

"Aytkanimdek, u ushbu jamoa uchun muhim futbolchi. U shunday bo'lgan va bo'lib qoladi. Biz birgalikda vaziyatni o'zgartirishimiz va hamma narsani to'g'ri o'zanga bura olishimiz kerak. U ushbu futbol klubiga to'liq sodiq, hamma narsani yaxshilashga intilmoqda. Shuning uchun hech narsa o'zgarmaydi.

Aynan u ko'plab o'yinlar va yillar davomida jamoani juda yaxshi boshqargan va buni davom ettiradi", - deydi Kerrikning so'zlarini VVS nashri.

Ўхшаш янгиликлар