MYU hujumchisi yil oxirigacha safdan chiqdi

  • Mr.NoBoDy 29.10.2026 12:16
  • 630
  • 30

"Manchester Yunayted"ning sloveniyalik hujumchisi Benyamin Sheshko kamida yanvargacha maydonga tusha olmaydi.

Sheshko sentyabr oyida boldiridagi eski jarohatini qaytalab olib, safdan chiqqandi. 23 yoshli sloveniyalik futbolchi APL joriy mavsumida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo'ldi.

Manba bergan xabarga ko'ra, MYU tibbiy shtabi forvardning maydonga qaytishini jadallashtirmaslikni va to'liq sog'ayishini kutishni tavsiya qilgan.

"Manchester Yunayted" Angliya chempionatining 8 turidan so'ng 7 ochko to'plagan holda jadvalda 16-o'rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар