"Real" mashg'ulot oldidan Toledodagi temir yo'l halokati qurbonlari xotirasiga 1 daqiqa sukut saqladi

  • Mr.NoBoDy 29.10.2026 11:56
  • 945
  • 30

"Real" futbolchilari va murabbiylar shtabi temir yo'l halokati qurbonlari xotirasiga mashg'ulotdan oldin 1 daqiqalik sukut saqlashdi.

Bu haqda Madrid klubi matbuot xizmati xabar berdi.

28 oktyabr kuni Toledo viloyatining Urda aholi punkti yaqinida ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo'lovchi poezdi to'qnashib ketdi. So'nggi xabarlarga ko'ra, kamida 68 kishi halok bo'lgan, yana 200 ga yaqin inson jarohatlangan.

Fojia sababli Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) 28 oktyabr kuniga belgilangan Ispaniya Kubogining barcha 24 ta o'yinini boshqa muddatga qoldirishga qaror qildi.

Ўхшаш янгиликлар