Firas Al Xatib: "Bugun futbolchilarimiz 200 foiz kuch bilan o'ynashdi"

  • Mr.NoBoDy 28.10.2026 23:40
  • 261
  • 30

OCHL 2 guruh bosqichidan o'rin olgan "Nasaf" – "Al Quvayt" uchrashuvidan so'ng "Al Quvayt" bosh murabbiyi Firas Al Xatib matbuot anjumanida ishtirok etdi.

P.S. Matbuot anjumanidan avval quvaytliklar bosh murabbiyining telefoni jiringlab qoldi va qizchaning ovozi eshitildi: "Dada, g'alaba muborak, tabriklayman". Murabbiy kuldi va shunday dedi: "Bu - qizim, mening besh nafar qizim bor".

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda g'alaba qozonganimiz uchun Yaratganga shukur aytaman. Alhamdulillah, qiyin bahsni o'tkazib oldik. "Nasaf"ga qarshi bahs juda og'ir kechishini bilardik. Bugun futbolchilarimiz 200 foiz kuch bilan o'ynashdi. Maydonga tushgan hamma katta kuch va yuqori xohish bilan harakat qildi. Buning uchun murabbiylarimiz shtabiga ham alohida rahmat, shuningdek biz bilan kelgan barchaga rahmat.

- Futbolda tajriba qatori omad ham muhim rol o'ynaydi. Bugun ko'proq omad keldi deb hisoblaysizmi?
- Omadni ham Olloh beradi. Ko'proq mehnat qilganga omad ham kulib boqadi deyishadi. O'ylashimcha, biz bu o'yinga juda yaxshi hozirlik ko'rdik. "Nasaf"ni yaxshilab o'rganib chiqqandik. Birinchi taymda ikki-uchta gol urishimiz mumkin edi, lekin vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi taymda ham qulay imkoniyatni boy berdik. "Nasaf" ham bizga jiddiy qarshilik qildi, biroq oxirigacha turib bera oldik.

- Jamoangiz FIFA kunlaridan so'ng to'rtta o'yin o'tkazib yirik hisoblar qayd etdi. Umuman "Al Quvayt" "Nasaf" bilan o'yinga qanday tarzda yetib keldi?
- Tarkibimizda 23 nafar futbolchi bor va oxirgi uchta uchrashuvda ularning hammasi maydonga tushdi. Biz tez-tez rotaciyaga qo'l uryapmiz, jarohat sabab futbolchilar safdan chiqyapti, o'rniga boshqalar o'ynayapti. Bazi o'yinchilarga dam berib bugungi o'yinga saqladik. Eng muhimi, futbolchilarning tiklanishi, ular tayyor bo'lsa, o'yinga qo'yish oson kechadi. Shuni aytishim mumkin, bizning futbolchilar professional. Biz har bir o'yinda futbolchilardan eng yaxshisini talab qilamiz.

- "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning Osiyodagi nufuzini mutaxassis sifatida qanday baholaysiz?
- Men "Nasaf"ni ham, jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievni ham hurmat qilaman. Chunki "Nasaf" tizimli futbol namoyish etadi. Tabiiyki tizimli futbolni yo'lga qo'yish murabbiyga bog'liq bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар