Ro'ziqul Berdiev: "Hujumlarni yakunlashda sovuqqonlik va mahorat yetmadi"

  • Mr.NoBoDy 28.10.2026 23:08
  • 539
  • 30

OCHL 2 guruh bosqichidan o'rin olgan "Nasaf" – "Al Quvayt" uchrashuvidan so'ng "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Bu omadsizlik emas, bu charchoq ham emas. Faqat hujumlarni yakunlashda sovuqqonlik va mahorat yetmadi. Shu sababli mag'lubiyatga uchradik deb o'ylayman. Raqib jamoa ikki-uch marta qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi. Biz esa sust harakat qildik. Raqib hujumlarining biri gol bo'ldi, birini darvozabonimiz Abduvohid Ne'matov qaytardi. Bizdagi vaziyatlarni gapirmasa ham bo'ladi. Bunday pallada sovuqqonlik yetishmasa, albatta jamoa pand eb qo'yadi. Buni mahorat va daraja etmagani bilan izohlasa bo'ladi.

- O'yindan keyin sizda kimlarnidir asosiy tarkibda tushirish, kimlarnidir zaxirada qoldirish kerak edi degan fikr o'tmadimi?

- To'g'ri, bunday fikr ham bo'ladi. Jamoa mag'lub bo'lsa, tarkib tanlashda xato qildimmi deb o'ylaysan. Mag'lubiyat sabablarini chuqurroq o'rganishga harakat qilasan. O'yindan oldin futbolchilarga sovuqqon bo'lishimiz kerakligini aytgandik. Shunday o'ynashimiz ham kerak edi. Yoshlarning bazan tarjimasi etmay qolishi mumkin. Menimcha, bugungi muammo tarkibda yoki o'yin uslubimizda emas, shuncha vaziyat yaratib gol ura olmaslikni qanday izohlash mumkin? Uch metrdan darvozaga to'p kirita olmadik. G'alaba qozonishni juda xohlagandik. Oddiy qilib aytganda, hujumdagi daraja va mahorat bizga pand berdi.

Ўхшаш янгиликлар