
«Santos»ning «Bayya»ga qarshi o‘yinida hujumchi Neymar raqibi bilan gaplashayotgan paytda og‘zini qo‘li bilan berkitgani uchun qizil kartochka oldi. Ushbu holatda «Vinisius qoidasi» deb ataluvchi tartib ishga tushdi.
Globo Esporte xabar berishicha, intizom qo‘mitasi mazkur ishni ko‘rib chiqib, Neymarni ikkita o‘yinga diskvalifikasiya qilish haqida qaror chiqargan. «Santos» ushbu qaror ustidan apellyasiya berishi mumkin.
Shu tariqa, Neymar «Santos»ning jami uchta uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Ikki o‘yinlik diskvalifikasiya qizil kartochka uchun avtomatik ravishda belgilangan bir uchrashuvlik jazoga qo‘shimcha hisoblanadi.