
Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Yunayted" xo'jayinlari ayni paytda o'rganilayotgan murabbiylarning nomzodlaridan ko'ngli to'lmagan. "Brayton"ni boshqarayotgan Fabian Xyurceler klub nemis mutaxassisi uchun talab qiladigan katta tovon puli sababli Kerrikning o'rniga o'rinbosar sifatida qaralmayapti.
Shuningdek, "Aston Villa" ustozi Unai Emerining "Yunayted" rahbariyati orasida muxlislari borligi, biroq uning Birmingem klubi bilan shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangani va bu kelishuv ham juda qimmatga tushishi takidlanmoqda.