"Liverpul" MYUning transfer maqsadini ilib ketishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 28.10.2026 10:16
  • 1094
  • 30

"Manchester Yunayted" "Everton" markaziy himoyachisi Djerred Brentueytga qiziqish bildirishda davom etmoqda, ikki yil oldin manchesterliklar u bo'yicha taklif bilan chiqishgan, ammo "iriskalar" uni rad etishgan edi.

Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, "Liverpul" angliyalik futbolchini kuzatib bormoqda. Mersisaydliklar 24 yoshli himoyachining o'yiniga qoyil qolishmoqda va keyingi yili uni sotib olishga harakat qilishlari mumkin. "Everton" o'yinchini 80 million funtga (96 million evro) baholamoqda.

Joriy mavsumda Brentueyt barcha turnirlarda ettita o'yinda maydonga tushdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар