Manishe: "Ronaldu 1000 ta gol urganidan so'ng faoliyatini yakunlaydi. Agar u o'g'li bilan ham birga o'ynasa, bu tarixning ideal yakuni bo'ladi"

  • Mr.NoBoDy 28.10.2026 11:40
  • 220
  • 30

Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Manishe Krishtianu Ronalduning kelajakdagi rejalari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Krishtianu 1000 ta gol marrasiga etganidan so'ng faoliyatini yakunlaydi va u bunga albatta erishadi, bunda hech qanday shubha yo'q. Agar u buni uddalasa va maydonda o'g'li bilan birga to'p tepsa, bu uning tarixi uchun mukammal xotima bo'ladi", - deya ta'kidladi Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.

Ma'lumot o'rnida, 41 yoshli Ronaldu "Al-Nassr" safida harakat qilmoqda, uning o'g'li esa aynan shu klubning U-17 jamoasida o'ynaydi.

Ўхшаш янгиликлар