
"Buni umuman tushunmayapman. U hatto Bundesliganing eng yaxshi o'yinchisi ham emas, Germaniya chempionatida eng yaxshisi - Olise. JCH-2026 vaqtida Keyn Angliya terma jamoasi tarkibida ham eng yaxshisi emasdi. Unga mukofot berish qarori nimaga asoslangan? Faqat urilgan gollargami? Bu xuddi Ferran Torres "PSJ" safida 50 ta gol urib, 1-Liga va Fransiya Kubogini yutganidan so'ng yakunda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi bilan teng. Men "Oltin to'p"ni Keynga emas, Yamalga bergan bo'lardim", - deya Nasrining so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi Actu Foot sahifasi.
Ma'lumot o'rnida, 2025/2026 yilgi mavsumda Keyn "Bavariya" bilan birgalikda Superkubok, Germaniya Kubogi sohibiga va Bundesliga chempioniga aylandi. Angliya terma jamoasi safida esa hujumchi 2026 yilgi jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi. U 2025 yilning avgustidan 2026 yilning iyuliga qadar "Bavariya" va Angliya uchun 65 ta o'yinda 73 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.