«Oltin to‘p» uchun ovoz bergan rossiyalik jurnalist: «Ronaldu Messidan mukammalroq futbolchi»

  • Mr.NoBoDy 28.10.2026 12:55
  • 344
  • 30

«Oltin to‘p» uchun ovoz berishda 30 yildan ortiq vaqtdan beri Rossiya nomidan ishtirok etib kelayotgan jurnalist Konstantin Kleshchev argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronalduni taqqosladi. U bu haqda Sport24 nashriga bergan eksklyuziv intervyusida gapirdi.

— 2026 yil Messi yoki Ronaldu «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda kuchli 30 talikdan joy oladigan so‘nggi yil bo‘ladimi?

— Ronalduning davri bir necha yil oldin tugadi, Messi esa biroz uzoqroq ushlanib turdi. Buni Krishtianuning o‘yini ko‘p jihatdan jismoniy imkoniyatlarga asoslangani bilan bog‘layman.

Mening fikrimcha, Ronaldu Messidan mukammalroq futbolchi. Uning tanasining turli qismlari bilan gol ura olishini ko‘ring. Argentinalik futbolchining maydondan 90 santimetr balandlikka sakrab, bosh bilan zarba berishini tasavvur qilish qiyin.

Messining chap oyog‘i uning barcha kamchiliklarini qoplagan. Maydonda vaziyatni to‘g‘ri baholash va fikrlash qobiliyati esa unga Ronalduga qaraganda uzoqroq vaqt davomida eng yuqori saviyada qolish imkonini berdi.

Biroq kelajakda Lionel ham, Krishtianu ham «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda kuchli 30 talikka kirishiga hech qanday imkoniyat qolmadi. Ehtimol, Keyn ham endi yuqori o‘rinlarni egallay olmaydi.

Endi yoshlar davri keldi: Mbappe, Yamal, Xoland va Xvicha. Kelasi yili asosiy e’tibor shu futbolchilarda bo‘ladi, — dedi Kleshchev.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrini «Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keynga nasib etdi. Messi 30 nafar nomzod qatorida bo‘lib, ovoz berish natijalariga ko‘ra beshinchi o‘rinni egalladi. Ronaldu esa bu yilgi nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmadi.

Ўхшаш янгиликлар