
Fransiyalik futbolchi 12 oktyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 2-turidan o'rin olgan Farg'onaning "Neftchi" klubiga qarshi uchrashuvda sonning orqa guruh mushaklaridan jarohat olgan edi. Koman o'sha vaqtdan buyon ilk bor umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etdi.
"Al Nassr" ayni paytda Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turidan o'rin olgan "Al-Xulud"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Komanning safga qaytishi "Al Nassr" uchun "Paxtakor"ga qarshi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri doirasidagi uchrashuv oldidan ijobiy yangilik bo'ldi. Biroq francuz futbolchisining mazkur bahsda ishtirok etishi hozircha aniq emas.
Ma'lumot uchun, "Paxtakor" va "Al Nassr" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 4-tur uchrashuvi 2 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadi.