"Barselona" "Alvares ishi" bo'yicha 602 evrolik jarimani to'lashni istamayapti va qaror ustidan shikoyat qiladi

  • Mr.NoBoDy 28.10.2026 12:24
  • 507
  • 30

"Barselona" "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares bilan muzokaralar olib borgani sababli belgilangan 602 evro miqdoridagi jarima ustidan apellyaciya beradi.

Marca nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" bu pulni to'lashni istamayapti, biroq gap summada emas, balki principial yondashuvdadir: klub hech qanday qoidabuzarlikka yo'l qo'ymaganini takidlamoqda.

Manba ma'lumotlariga qaraganda, "Barselona" ushbu jarimani "kulguli" deb hisoblaydi, biroq axloqiy va konceptual nuqtayi nazardan kelib chiqib, o'z harakatlari qonuniy bo'lganini qatiy takidlagan holda uni to'lashdan bosh tortmoqda. Kataloniyaliklar apellyaciya berish niyatida.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) "Atletiko"ning davosidan so'ng Kataloniya klubiga jarima solgan edi. "Barselona" reglament talablariga zid ravishda, madridliklarni ogohlantirmasdan Alvares bilan muzokaralar olib borganlikda ayblanmoqda.

Ўхшаш янгиликлар