
«Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi Samir Nasri Lionel Messining «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda beshinchi o‘rinni egallagani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Jiddiy aytyapsizmi? Mening reytingimda Messi ham, Rodri ham eng yaxshi o‘ntalikka kirmaydi! Hatto Messi jahon chempioni bo‘lganida ham fikrim o‘zgarmasdi», — deya Nasrining so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tdi. Yangi sovrin sohibi «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn bo‘ldi. Kuchli uchlikdan «Real» hujumchisi Kilian Mbappe va «Barselona» vingeri Lamin Yamal ham joy oldi.
Qayd etish joiz, Lionel Messi «Oltin to‘p»ni eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchi hisoblanadi. Argentinalik yulduzning hisobida sakkizta shunday mukofot bor.