iks
ads

Messi "Oltin to'p" topshirish marosimiga kelmasligi mumkin. Keyn esa barcha yaqinlari bilan Londonga yetib keldi

  • Mr.NoBoDy 26.10.2026 21:08
  • 2668
  • 30

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi "Oltin to'p" topshirish marosimida ishtirok etmasligi kutilmoqda, deya xabar beradi Marca nashri.

39 yoshli futbolchi yaqinda Ispaniyadagi safaridan AQSHga qaytgan va o'z klubining Nyu-Yorkdagi o'yinida maydonga tushgan edi. Kecha u Messi Cup turnirida qatnashgani sababli, uning Londonga tashrifi rejalashtirilmayapti.

Shu bilan birga, Angliya poytaxtiga Xarri Keyn yetib kelgani ma'lum qilindi. "Bavariya" hamda Angliya terma jamoasi hujumchisi Londonga barcha yaqinlari hamrohligida kelgan va taqdirlash marosimi bo'lib o'tadigan "Palladium" teatri yaqiniga joylashgan.

Ўхшаш янгиликлар