iks
ads

“Eyr Fors”ning argentinalik futbolchisi “Paxtakor”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

  • Mr.NoBoDy 26.10.2026 21:00
  • 790
  • 30

Iroqning “Eyr Fors” (“Al-Quva al-Javiya”) klubi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 3-turidan o'rin olgan “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda bir nafar futbolchisining xizmatidan foydalana olmaydi.

Bu haqda klub matbuot xizmati rahbari Umar at-Tamimiy Ultra Iraq nashriga ma'lum qildi.

“Jamoamiz bugungi “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvga tayyor. Tarkibimizda jiddiy yo'qotishlar yo'q. Faqat argentinalik Tomas Andrade o'yinda ishtirok eta olmaydi. U jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Jamoamiz “Paxtakor”ga qarshi Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvda ijobiy natija qayd etishga umid qilmoqda”, - dedi at-Tamimiy.

Ma'lumot uchun, “Paxtakor” va “Eyr Fors” o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 3-tur uchrashuvi bugun, 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар