iks
ads

Bugun "Oltin to‘p" sohibining nomi ma’lum bo‘ladi

  • Mr.NoBoDy 26.10.2026 11:11
  • 1595
  • 30

Bugun, 26 oktyabr kuni futbol olamidagi eng nufuzli individual mukofot — "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

2026 yilgi taqdirlash tadbiri ilk bor Angliya poytaxti Londondagi "Palladium" teatrida tashkil etiladi. Marosim Toshkent vaqti bilan 27 oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

"France Football" nashri va UYEFA hamkorligida o‘tkaziladigan tadbirda yilning eng yaxshi erkak va ayol futbolchilari aniqlanadi.

Shuningdek, eng yaxshi darvozabon, yosh futbolchi, murabbiy, klub va hujumchi kabi yo‘nalishlarda ham sovrinlar o‘z egalariga topshiriladi.

Bu yilgi marosim alohida ahamiyatga ega. Sababi, 1956 yilda ta’sis etilgan "Oltin to‘p" mukofoti o‘zining 70 yilligini nishonlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda erkaklar o‘rtasida "Oltin to‘p"ni Usmon Dembele, ayollar o‘rtasida esa Aytana Bonmati qo‘lga kiritgan edi.

"Oltin to‘p-2026" taqdirlash marosimi

Sana: 26 oktyabr, dushanba

Manzil: London, "Palladium" teatri

Boshlanish vaqti: 27 oktyabr, 01:00 (Toshkent vaqti)

Ўхшаш янгиликлар