
Superliga
25-tur
OKMK - "Qo'qon-1912" 2:1
Olmaliq, OKMK sport majmuasi. 16:00
Gol: Mirjamol Qosimov (Abubakr Rizo Turdialiev) 22’, Siyavash Haqnazariy (Avazbek O'lmasaliev) 90+2’ – Shohrux Gadoev (Elbekjon Yo'lchiev) 86’
Bosh hakam: Doston Rahmonov
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Shohrux Maqsudov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Shohruh Said
OKMK: 23.Hamidullo Abdunabiev, 4.Mirjamol Qosimov (88.Siyavash Haqnazariy, 87), 5.Giorgi Papava (30.Abror Sarimsoqov, 80), 6.Avazbek O'lmasaliev, 8.Abubakr Rizo Turdialiev, 9.Aziz Xolmurodov (77.Ivan Peshich, 80), 10.Asadbek Sobirjonov, 17.Nodir Abdurazzoqov (21.Xazrat Tursunqulov, 80), 19.Ahmadullo Muqumjonov (22.Saidafzalxon Axrorov, 80), 28.Arixiro Sentoku, 44.Abror Karimov.
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 11.Ali Abdurahmonov, 27.Urosh Koyich.
"Qo'qon-1912": 13.Rahim Davronov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 8.Shota Gvazava, 11.Silvanus Nimeli, 15.Zafar Hakimov, 19.Shahzod Akramov (7.Javohir Sidiqov, 59), 21. G'ulom Haydar Gulyamov (71.Elbekjon Yo'lchiev, 81), 22.Toma Tabatadze (20.Iqboljon Malikjonov, 46), 90.Akbar O'ktamov (10.Shohruh Gadoev, 54), 99.Muhammadanas Hasanov (17.Farhodjon Sohibjonov, 81).
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 4.Asliddin Toshtemirov, 9.Javohir Husanov, 44.Andro Giorgadze.
Ogohlantirish: Avazbek O'lmasaliev (23).
Chetlatish: Zafar Hakimov (45+4).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+2. GOL! Sal oldin maydonga tushgan Siyavash Haqnazariyning olis masofadan yo'llagan zarbasini Davronov qaytara olmadi - 2:1!
90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi.
90. Peshich havodan kelgan to'pni ilib olgan darvozabon Davronovga nisbatan fol ishlatdi.
87. OKMKda almashtirish: Qosimov o'rniga Haqnazariy bahsga qo'shildi.
86. GOL! Yo'lchievning pasidan so'ng Gadoev erlatib yo'llangan zarbasi orqali darvozani ishg'ol qildi - 1:1!
85. Sarimsoqov Nimeliga nisbatan qo'pollik ishlatdi, liberiyalik hujumchiga raqibning harakatlari yoqmadi.
81. “Qo'qon-1912”da 2 ta o'zgarish: Hasanov o'rniga Sohibjonov, Gulyamov o'rniga Yo'lchiev tushirildi.
80. OKMKda 4 ta o'zgarish: Muqumjonov o'rniga Axrorov, Papava o'rniga Sarimsoqov, Abdurazzoqov o'rniga Tursunqulov, Xolmurodov o'rniga Peshich maydonga tushdi.
79. Uuux! Hasanovning jarima zarba orqali yaqin burchak tomon yo'llagan zarbasiga sal aniqlik yetishmadi.
77. O'lmasaliev Nimeliga nisbatan qoidani buzdi va jarima zarbasi belgilandi. Olmaliq himoyachilar hakam qaroridan norozi.
72. Zarba! Gadoev aylanma zarba ijro etishni xohladi, ammo uning rejalari unchalik o'xshamadi.
69. Uuux! Abdurazzoqov va Sentokuning ketma-ket zarbalarini Davronov bartaraf etdi, ajoyib seyv!
68. Uuux! Abdurazzoqovning qulay pasidan so'ng Sentoku o'ta xavfli, ammo noaniq zarba yo'lladi.
64. Xolmurodov Abdurazzoqovni birga-bir chiqarib yuborishni istadi, ammo to'pni sal qattiq tepib yubordi.
62. Uuux! Turdialievning qanotdan oshirib bergan to'piga na Xolmurodov, na Sobirjonov ulgurdi…
59. “Qo'qon-1912”da almashtirish: Akramov o'rniga Sidiqov o'yinga qo'shildi.
58. Zarbaa! Turdialievning chap oyoqda bergan zarbasi ancha noaniq ketdi.
56. Shahzod Akramov to'p uchun kurashda maydon tashqarisiga chiqib ketdi va oyog'ini qayirib oldi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
54. “Qo'qon-1912”da o'zgarish: O'ktamov o'rniga Gadoev bahsni davom ettiradi.
52. Zarba! Xolmurodovning qanotdan oshirib bergan pasidan keyin Abdurazzoqov to'pni darvozaga yo'naltirdi, Davronov o'z o'rnida!
49. Yoqubovning Hasanov tomon uzatmasidan so'ng to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi, mezbonlar himoyachisi Muqumjonov bunga hissa qo'shib yubordi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. “Qo'qon-1912”da almashtirish: Tabatadze o'rniga Malikjonov tushirildi.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 1:0. Tanaffus!
45+4. Doston Rahmonov holatni VAR monitorida ko'rib chiqdi va vaziyatni so'nggi umid foli sifatida baholab, Zafar Hakimovni maydondan chetlatdi!
45+2. VAR vaziyatni o'rganib chiqmoqda. Bosh hakamning o'zi monitorga yo'l oldi.
45+1. Hakimov Abdurazzoqovni ochiqchasiga futbolkasidan tortib yiqitgani uchun ogohlantirildi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
42. Abdurazzoqov Nimeliga nisbatan qoidani buzdi va futbolchilar o'rtasida biroz tortishuv yuzaga keldi.
41. Gulyamov maydon markazida Sentokuga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
39. Zafar Hakimov qanotda Nodir Abdurazzoqov qochib ketishiga yo'l qo'ymadi.
33. Xolmurodovga kelayotgan to'pni Davronov o'z vaqti darvozadan chiqib kelib uzoqlashtirishga erishdi.
31. Papava maydonda yotgani uchun “Qo'qon-1912” a'zosi Shahzod Akramov feyr-pleyga rioya qilgan holda to'pni tashqariga tepib yubordi.
29. Karimov Nimelini yiqitgani uchun jarima zarbasi belgilandi.
27. Uuuux! Sobirjonovning erlatib bergan zarbasidan so'ng to'p ustunga tegib qaytdi.
25. Muhammadanas Hasanov Xolmurodov tomon kelayotgan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
23. Nimelini qoida buzish evaziga to'xtatib qolgan O'lmasaliev ogohlantirildi.
22. GOL! Turdialievning pasidan so'ng Mirjamol Qosimov darvoza chap tomonini nishonga oldi - 1:0!
21. O'ktamovning xavfli zarbasidan so'ng Abdunabiev to'pni egallab oldi.
20. Karimov Tabatadzega nisbatan qoidani buzdi.
18. Jarima maydonchasi ichida raqib bilan to'qnashgan Abdurazzoqovga tibbiy yordam ko'rsatildi.
16. Uuux! Hakimovning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.
13. Zarba! O'ktamovning yaxshi o'ylangan aylanma zarbasiga aniqlik yetishmadi.
13. Zarba! Muqumjonovning kutilmaganda o'ng oyoqda bergan zarbasi o'zining sherigi Xolmurodovga tegib qaytdi.
8. Zarba! Turdialievning olis masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.
3. Uuux! Tabatadzening pasidan so'ng Nimeli yaqin masofadan zarba berdi, Abdunabievdan qoyilmaqom seyv!
1. Uchrashuv boshlandi!